“Latta bo‘lma”: Dilorom Jabborova yana janjal markazida — video

1 daqiqa o'qish403
“Latta bo‘lma”: Dilorom Jabborova yana janjal markazida — video

Tarmoqlarda yana shov-shuv — logoped Dilorom Jabborova bolaga baqirib, uni tajovuzkorlikka undayotgani aks etgan video tarqaldi.

Kadrlarda mutaxassis boladan narsalarni uloqtirishni talab qiladi, “latta bo‘lma, kuchli bo‘l” deb baqiradi. Unga ko‘ra, bu usul “xarakterni mustahkamlaydi”. Shu bilan birga, u bolaga “agar eshikni yop deyishsa, derazadan kir”, deb tushuntiradi — go‘yo itoatsizlik orqali “kuchli shaxs” tarbiyalanardi.

Bu holat jamoatchilikda katta norozilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik “bu psixologiya yoki logopediya emas, shafqatsizlik” deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda ham Jabborova shunga o‘xshash “davolash” usullari bilan tanilgandi. Uning mashg‘ulotlarida baqirish, mot qilish, shamlar va hatto shaxmat toshlaridan foydalanilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Bolalar ombudsmani va ekspertlar uning amaliyotida jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik alomatlarini aniqlashgan.

Biroq, ish tugatilganidan so‘ng u faoliyatini to‘xtatmadi. 2025 yilda u Namanganda “Ovoz akademiyasi” nomli markaz ochdi, keyin Buxoroda ham shunday filial tashkil etish niyatini bildirgandi.

Bolalar ombudsmani idorasi joriy yil aprelida Bosh prokuraturaga qayta murojaat qildi. Shundan so‘ng Yunusobod tumani prokuraturasi avval yopilgan jinoyat ishini qayta tikladi.

Hozirda Dilorom Jabborovaga nisbatan tergov ishlari qayta boshlangan.

Mutaxassislar ta’kidlamoqda: “Duduqlanish — bu sabr va professional yondashuvni talab etadigan holat. Bolani baqirish va tahqirlash orqali 'davolash' — na ilm, na axloqqa to‘g‘ri keladi”.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?