date

Bobur ko'chasidagi daraxtlarning kesilish sababi ma'lum qilindi

Bobur ko'chasidagi daraxtlarning kesilish sababi ma'lum qilindi
Toshkentdagi Bobur ko'chasida daraxtlar kesilmoqda. Toshkent shahar hokimiyati ushbu ishlar ko'chani yangilash va ko'kalamzorlashtirish doirasida amalga oshirilayotganini ma'lum qildi.

Mazkur hududda avval o'sgan archa daraxtlarining bir qismi kasallikka chalingan va qurib qolgan edi. Ular o'rniga 83 ta piramidal shakldagi gujum ko'chatlari hamda 62 mingdan ziyod manzarali butalar ekilishi rejalashtirilgan.

Hokimiyat vakillari ishlar davomida xatoliklarga yo'l qo'yilganini tan olib, buni aniqlash bo'yicha tekshiruvlar olib borilayotganini bildirgan. Rasmiylar ko'kalamzorlashtirish ishlari shahar muhitini qulay va ekologik jihatdan sog'lom qilishga qaratilganini ta'kidlashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bobur ko'chasidagi daraxtlarning kesilish sababi ma'lum qilindi