date

Kosmonavtlar qancha pul topishi aniqlandi

Kosmonavtlar qancha pul topishi aniqlandi

Kosmosga parvoz qilish — katta mas’uliyat, lekin moliyaviy rag‘bat ham bor. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik kosmonavtlar olti oylik orbital ekspeditsiya davomida taxminan 5,5 million rubl atrofida daromad oladi.

Kosmonavt Sergey Ryazanskiy aytishicha, parvoz vaqtida kunlik daromad taxminan 400 dollar bo‘lgan. Shu hisobda standart olti oylik missiyada bu summa qariyb 72 ming dollarga yetadi. Bu pullar kosmosda maxsus sharoitda ishlagani uchun ustama sifatida, asosiy maoshdan tashqari to‘lanadi.

Rossiya kosmonavtlarining oylik asosiy maoshi esa birinchi parvozdan keyin (mukofot va kompensatsiyalarni hisoblamasdan) taxminan 130–140 ming rubl bo‘lishi mumkin.

Taqqoslash uchun, NASA astronavtlari federal xizmatchilar hisoblanadi: ular parvoz paytida ham odatdagi ish haqini olishda davom etadi, alohida “kosmik” ustama berilmaydi. Yillik maoshi taxminan 100–160 ming dollar, qo‘shimcha kunlik to‘lov esa ramziy — kuniga 5 dollar (olti oyda taxminan 1 ming dollar).

Qisqasi, AQSHda maosh deyarli o‘zgarmaydi, Rossiyada esa asosiy farqni kosmosdagi kunlik to‘lov va ustamalar qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kosmonavtlar qancha pul topishi aniqlandi