
4-noyabr, seshanba kuni O'zbekiston tog'li hududlarida havo harorati −2 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Tog'larda yomg'ir va qor yog'ishi prognoz qilinmoqda, deb xabar bermoqda O'zgidromet.
Respublikaning boshqa hududlarida ham yog'ingarchiliklar kuzatiladi. O'rtacha sutkalik harorat +5...+10 daraja atrofida bo'ladi.
Toshkent shahrida ham yomg'ir yog'ishi ehtimoli bor, havo harorati +5...+7 darajani tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar