Tramp Eronni yana ogohlantirdi: og‘ir oqibatlar bo‘lishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar ijobiy yakunlanmasa, Tehronni jiddiy oqibatlar kutishi mumkinligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, AQSHning Eron yo‘nalishidagi harbiy imkoniyatlari juda katta va bu borada Amerika Venesueladagi holatdan ham ancha ustun kuchga ega.
«Eron bo‘yicha qanday qaror qabul qilishimni hozir ayta olmayman. Biz u yerda juda katta harbiy salohiyatga egamiz va bu kuchlar tez orada mintaqaga yetib boradi. Albatta, kelishuvga erishishdan xursand bo‘lardim. Hozir Eron bilan muzokaralar davom etmoqda. Agar muayyan natijaga erishsak, bu juda yaxshi bo‘ladi. Agar esa kelishuv bo‘lmasa, ehtimol, yomon holat yuzaga kelishi mumkin. Gap yadroviy qurollar haqida ketyapti. Bizda eng yirik va eng zamonaviy harbiy kemalar mavjud. Voqealar rivojini kuzatamiz», — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSH prezidenti Eron tomon yo‘l olgan ulkan Amerika harbiy kuchlari yaqin vaqt ichida mintaqada paydo bo‘lishini ham qo‘shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!