
AQShda 1793 yildan buyon ishlab chiqarilgan eng kichik tangalar – penslarning ishlab chiqarilishi rasman to'xtatildi. So'nggi penslarni ishlab chiqarish marosimi Filadelfiyadagi zarbxonada bo'lib o'tdi.
AQSh g'aznachisi Brendon Bich mashinani ishga tushiruvchi tugmani bosib, so'nggi partiya tangalarni ishlab chiqardi. Zarbxona xodimlarining ma'lum qilishicha, aslida so'nggi penslar iyul oyida ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birga, nominal qiymatidan qimmatroqqa tushadigan boshqa yirik tangalar, jumladan nikellar ishlab chiqarilishi davom ettiriladi. Brendon Bichning ta'kidlashicha, ishlab chiqarishni to'xtatish qarori sobiq AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining zamonaviy to'lov usullariga moslashish siyosati doirasida qabul qilingan.
Oxirgi marta shunga o'xshash qaror 1857 yilda qabul qilinib, yarim sentlik tangalar muomaladan chiqarilgan edi. Bir dona pensni ishlab chiqarish narxi 3,69 sentni tashkil etgan.
Amerikaliklar qo'lida jami 300 milliard dona pens borligi hisoblanadi. G'aznachilikka ko'ra, penslarni ishlab chiqarishni to'xtatish har yili 56 million AQSh dollarini tejash imkonini beradi.
Zarbxona ma'lumotlariga ko'ra, 2024 moliyaviy yilida jami 5,6 milliard dona tanga ishlab chiqarilgan bo'lib, shundan 3,2 milliardini penslar tashkil etdi. Ishlab chiqarish to'xtatilganiga qaramay, mavjud penslar qonuniy to'lov vositasi sifatida qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.