date

Golden Joystick Awards 2025 g'oliblari e'lon qilindi

Golden Joystick Awards 2025 g'oliblari e'lon qilindi
2025-yil 21-noyabr kuni GamesRadar platformasida Golden Joystick Awards 2025 mukofotlari natijalari e'lon qilindi. Yilning eng yaxshi o'yini deb Clair Obscur: Expedition 33 tan olindi.

Ushbu loyiha yetti ta mukofotni, jumladan, «Yilning eng yaxshi o'yini» bosh mukofotini qo'lga kiritdi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng yaxshi o'yin sifatida Hollow Knight: Silksong tan olindi.

Konsollar uchun esa Ghost of Yotei eng yaxshi o'yin deb topildi. Remeyklar bo'yicha g'oliblikni «The Elder Scrolls IV: Oblivion»ning yangilangan versiyasi qo'lga kiritdi.

Bosh g'olibning ishlab chiqaruvchisi Sandfall Interactive jamoasi «Yilning eng yaxshi studiyasi» unvoniga sazovor bo'ldi. Eng kutilayotgan loyiha esa «Grand Theft Auto VI» deb topildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Golden Joystick Awards 2025 g'oliblari e'lon qilindi