Fрайburg kamchilikdagi raqibni yengib, o'yinni ag'dardi

Bundesliganing shanba kungi bahsida “Frayburg” o‘z maydonida “Gamburg”ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar raqib bir futbolchiga kamayib qolganidan keyin hujumda ancha faol ko‘rina boshladi va natijani o‘z foydasiga burib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dastlabki daqiqalardayoq “Frayburg” xavfli vaziyat yaratdi: 9-daqiqada Lukas Kyubler jarima maydonchasidan yo‘llagan zarbasi to‘sin bilan to‘qnashdi. Ikkinchi bo‘lim startida esa “Gamburg” burchak zarbasidan foydalandi — Miro Muhaym uzatgan to‘pga Luka Vushkovich bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi (0:1).
Shundan so‘ng voqealar keskin tus oldi: Daniel Elfadli jarima maydonchasida qoida buzib, ikkinchi sariq kartochkasini oldi, natijada “Frayburg” penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Vinchentso Grifo 11 metrdan hisobni tenglashtirdi (1:1) — darvozabonning qaytarish imkoniyati ham bor edi.
Uchrashuv taqdiri 83-daqiqada hal bo‘ldi: Yan-Niklas Beste jarima maydonchasida Ig'or Matanovichni qulay vaziyatga chiqardi va hujumchi deyarli bo‘sh darvozaga yo‘llagan zarbasi bilan “Frayburg”ga g‘alaba keltirdi — 2:1.
Ushbu g‘alabadan keyin “Frayburg” turnir jadvalida sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi, “Gamburg” esa 13-o‘rinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!