date

Vinisius Barselona bilan finalda klub rekordini takrorlashi mumkin

Vinisius Barselona bilan finalda klub rekordini takrorlashi mumkin

Yakshanba kuni Madridning «Real» jamoasi Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi o'yinlardagi samaradorligi bilan tanilgan Vinisius Junior navbatdagi «el klasiko»da finallardagi golli harakatlar bo'yicha klub rekordini yangilash imkoniyatiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha bu ko'rsatkich bo'yicha «Real» tarixida Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Ferents Pushkash yetakchilik qilmoqda — ularning har birida finallarda 16 tadan gol+assist bor. Vinisius esa ulardan atigi bir ochko ortda: braziliyalik futbolchining final bahslaridagi jami natijasi 15 ta gol va assistdan iborat.

Shu bilan birga, Vinisius so'nggi paytda gol urishda qiyinchilikka duch kelmoqda: u «Real» va Braziliya terma jamoasi safidagi oxirgi 19 uchrashuvda hisobni ochmagan. «Atletiko»ga qarshi yarim finalda esa u o'yin oxirida almashtirilayotganda tribunadagi muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan kuzatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Barselona bilan finalda klub rekordini takrorlashi mumkin