date

Gonkongda yong‘in: 44 kishi halok bo‘ldi

Gonkongda yong‘in: 44 kishi halok bo‘ldi
Gonkongning Wang Fuk Court ko‘p qavatli turar joy majmuasida yuz bergan yirik yong‘inda kamida 44 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu hududda so‘nggi o‘n yilliklarda qayd etilgan eng halokatli yong‘inlardan biri bo‘ldi.

279 nafar shaxs bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Halok bo‘lganlar orasida bir nafar yong‘in o‘chiruvchi ham bor.

Politsiya ushbu hodisa bo‘yicha ehtiyotsizlik oqibatidagi qotillikda gumon qilinayotgan uch erkakni qo‘lga oldi. 1983 yilda qurilgan mazkur majmua ta’mirlash ishlari arafasida bo‘lgan va to‘liq an’anaviy bambuk qurilish to‘siqlari bilan o‘ralgan edi.

Shahar hokimiyati ilgari yonuvchan bambuk materiallarini xavfsizroq po‘lat konstruktsiyalarga almashtirishni rejalashtirgan edi. Xitoy rahbari Si Szinpin fojia qurbonlarining oilalariga hamdardlik bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gonkongda yong‘in: 44 kishi halok bo‘ldi