O‘zbekiston elchisi Bangladeshdagi ishonch yorlig‘ini topshirdi

Bangladesh prezidenti Muhammad Shahabuddin O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyevning ishonch yorlig‘ini qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida Shahabuddin O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor va ishonchli do‘st sifatida qarashini ta’kidladi.
Tomonlar savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bangladesh tekstil, farmatsevtika va charm sanoatida hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar turizm va oliy ta’lim sohalaridagi aloqalarni faollashtirish borasida kelishib olishdi. Shahabuddin O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si oshganini yuqori baholadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing