
Namanganda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida YPX xodimi Doniyor Nurillayev halok bo'ldi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati. Fojia 25-noyabr kuni soat 20:00 atrofida, xodim tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyidan o'tayotgan paytda yuz berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Doniyor Nurillayev Ichki ishlar vazirligining Yangi Namangan tumanidagi gospitaliga davolanish uchun yo'l olgan edi. Piyodani urib yuborgan haydovchi voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan shaxs bo'lgan.
U Onix avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, quvib o'tish harakatini amalga oshirgan. Hodisa natijasida xodim og'ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etdi.
Holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.