date

Oq uy yaqinidagi otishma tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Oq uy yaqinidagi otishma tafsilotlari ma'lum bo'ldi
Vashington markazida Milliy gvardiyaning ikki askariga qarata o'q uzgan shaxsning 29 yoshli Rahmonulla Lakanval ekani aniqlandi. U otishma chog‘ida jarohat olgan va shundan so‘ng hibsga olingan.

Hodisa Shukronalik kuni arafasida, Oq uydan bir necha kvartal narida sodir bo‘lgan. Har ikkala askar ham og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

Lakanval 2021 yilda AQShga afg‘on qo‘shinlari bilan hamkorlik qilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan ko‘chirish dasturi orqali kelgan. Qarindoshlarining aytishicha, u avval afg‘on armiyasida xizmat qilgan va yaqinda Amazon kompaniyasida ishlagan.

Unga nisbatan ilgari jinoiy ish ochilmagan. Hujumdan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp video murojaatida voqeani "yovuzlik va terrorchilik harakati" deb atadi.

Shuningdek, uning ma'muriyati Jo Bayden davrida mamlakatga kelgan barcha afg‘onlarning tekshiruvini qayta ko‘rib chiqishini ma'lum qildi. Shu bilan birga, Fuqarolik va immigratsiya xizmati afg‘on fuqarolaridan kelib tushgan barcha so‘rovlarni ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatganini e'lon qildi.

Otishma Milliy gvardiya askarlari poytaxtni patrul qilish vaqtida sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, hujum "pusht" tarzida amalga oshirilgan va hujumchi yakka o‘zi harakat qilgan.

Otishma boshlanganidan so‘ng, Oq uy qisqa muddatli kuchaytirilgan xavfsizlik rejimiga o‘tkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy yaqinidagi otishma tafsilotlari ma'lum bo'ldi