
AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, agar Eron hukumati namoyish ishtirokchilariga nisbatan zo‘ravonlikni kuchaytirib, ularni ayovsiz o‘ldirishga yo‘l qo‘ysa, Vashington norozilik bildirayotganlarga yordam ko‘rsatishga tayyor.
Tramp Truth Social’dagi postida Qo‘shma Shtatlar “harakat qilishga tayyor” ekanini ta’kidladi. Uning bayonoti Eronda namoyishchilar hamda huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar borligi haqidagi xabarlar fonida yangradi.
Mamlakatda noroziliklar o‘tgan yil dekabr oyi oxiridan beri to‘xtamayapti. Unga milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi va inflyatsiyaning kuchayishi turtki bo‘lgani aytiladi. Keyinchalik Erondagi turli hududlarda o‘z-o‘zidan uyushtirilgan chiqishlar ham kuzatildi.
Eng keskin to‘qnashuvlar Azna shahrida qayd etilgani ma’lum. Eron rasmiylari namoyishchilar bilan muloqotga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar sodir bo‘layotgan voqealarni tashqi kuchlar fitnasi oqibati sifatida baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.