date

Eron qurol savdosida kriptovalyutaga o‘tishni taklif etdi

Eron qurol savdosida kriptovalyutaga o‘tishni taklif etdi

Eron G‘arb tomonidan joriy etilgan moliyaviy cheklovlarni aylanib o‘tish maqsadida xorijiy davlatlarga ilg‘or harbiy texnika va qurol-yarog‘ni kriptovalyuta evaziga sotish tashabbusini ilgari surmoqda.

The Financial Times nashri xabar berishicha, gap ballistik raketalar, uchuvchisiz uchish apparatlari va harbiy kemalar kabi strategik ahamiyatga ega qurol tizimlari haqida bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, Eron Mudofaa vazirligi huzuridagi Mindex eksport operatsiyalari markazi raqamli aktivlar orqali to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek, barter kelishuvlari va milliy valyuta — rialda hisob-kitob qilish imkoniyatlarini muhokama etishga tayyor.

Nashr tahlillariga ko‘ra, bu taklif davlat tomonidan harbiy eksport uchun kriptovalyutani rasman qabul qilishga qaratilgan ilk ochiq qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Mindex o‘zini Eronning tashqi mudofaa savdosi uchun mas’ul tashkilot sifatida ko‘rsatib, 35 davlat bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan. Katalogda Emad ballistik raketalari, Shahed dronlari, «Shahed Soleimani» sinfidagi harbiy kemalar hamda qisqa masofali havo mudofaa tizimlari mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron qurol savdosida kriptovalyutaga o‘tishni taklif etdi