date

Qaysi davlatlar birinchi bo‘lib Yangi yilni kutib oldi?

Qaysi davlatlar birinchi bo‘lib Yangi yilni kutib oldi?

Dunyo bo‘ylab Yangi yilni eng birinchi bo‘lib Kiribati aholisi kutib oladi. Ushbu davlat Layn orollari orqali sayyoradagi eng oldingi vaqt mintaqasi — UTC+14 da joylashgan. Shu sababli Yangi yil Toshkent vaqti bilan taxminan soat 15:00 da aynan shu hududga kirib keladi.
Kiribatida bayram kechasi odatda okean sohillarida o‘tkaziladi. Mahalliy aholi plyajlarda to‘planib, mushakbozliklar va bayramona tadbirlar orqali yangi yilni qarshi oladi. Sayyohlar ham “yilning eng birinchi Yangi yili”ni ko‘rish uchun bu yerga maxsus tashrif buyuradi.
Kiribatidan keyin Yangi yil Samoa va Tongada boshlanadi. Bu davlatlar UTC+13 vaqt mintaqasida joylashgan bo‘lib, bu yerda bayram an’anaviy qo‘shiqlar, raqslar va ommaviy sayllar bilan nishonlanadi. Samoa 2011 yilda vaqt mintaqasini o‘zgartirganidan so‘ng Yangi yilni ilk qarshi oluvchilar safiga qo‘shilgan.
Shundan so‘ng Yangi Zelandiyada Yangi yil kirib keladi. Oklend va Vellington shaharlarida minglab odamlarni jamlaydigan yirik mushakbozliklar uyushtiriladi. Chatem orollari esa o‘zining UTC+13:45 vaqti bilan bayramni yanada ertaroq qarshi olish imkoniyatiga ega.
Okeaniyada joylashgan Fiji, Tuvalu, Nauru, Uollis va Futuna kabi davlatlar ham Yangi yilni dunyoda ilk kutib oluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu hududlarda bayram asosan dengiz sohillarida, milliy raqslar va an’anaviy taomlar bilan nishonlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlatlar birinchi bo‘lib Yangi yilni kutib oldi?