date

Turkiyalik 55 yoshli ayol Tramp otasi ekanini da’vo qilib, uni sudga berdi

Turkiyalik 55 yoshli ayol Tramp otasi ekanini da’vo qilib, uni sudga berdi

Turkiyaning Anqara shahrida istiqomat qiluvchi 55 yoshli Nejla Ozmen AQSH Prezidenti Donald Tramp uning biologik otasi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda turk OAVlari xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozmen 2025 yil 25 sentyabr kuni Anqaradagi 27-oilaviy sudga otalikni aniqlash bo‘yicha da’vo arizasi topshirgan. Biroq sud 10 oktyabr kuni da’voni rad etib, arizada Trampning biologik ota ekanini tasdiqlovchi yetarli va ishonchli dalillar yo‘qligini bildirgan.
Sud qaroridan norozi bo‘lgan ayol ishni apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini, shuningdek AQSH elchixonasi va Amerikadagi sud idoralariga ham murojaat qilganini aytmoqda.
Nejla Ozmenning ta’kidlashicha, u 1970 yilda tug‘ilgan bo‘lib, rasmiy hujjatlarda Sati va Dursun Ozmenning farzandi sifatida qayd etilgan. Uning aytishicha, 2017 yilda onasi asl haqiqatni ochiqlab, uning biologik otasi Donald Tramp ekanini bildirgan. Shu sababli Ozmen DNK ekspertizasi o‘tkazilishini talab qilmoqda.
Ayol Tramp bilan shaxsan uchrashishni istashini va undan faqat otalik masalasiga oydinlik kiritishni xohlashini ta’kidlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik 55 yoshli ayol Tramp otasi ekanini da’vo qilib, uni sudga berdi