date

Eronda qatllar keskin oshdi: 11 yillik anti-rekord

Eronda qatllar keskin oshdi: 11 yillik anti-rekord

2025 yil Eron uchun o‘lim jazolari borasida eng qora yillardan biri bo‘ldi. Inson huquqlari tashkilotlarining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bir yil ichida kamida 1900 dan ortiq qatl jazosi ijro etilgan. Bu so‘nggi 11 yil ichida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Human Rights Activists in Iran (HRA) tayyorlagan yillik hisobotda ta’kidlanishicha, qatllar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga yaqin oshgan. Shu bilan birga, sudlar tomonidan chiqarilgan yangi o‘lim hukmlari soni aksincha, ma’lum darajada kamaygan.

Eng tashvishli jihat — qatllarning deyarli barchasi maxfiy tarzda amalga oshirilgan. Hisobotga ko‘ra, o‘lim jazolarining taxminan 95 foizi rasmiy idoralar tomonidan e’lon qilinmagan. Ma’lumotlar mahkumlarning yaqinlari, advokatlar, qamoqxona xodimlari va mahalliy manbalar orqali yig‘ilgan.

Mutaxassislar tizim yopiqligi sabab haqiqiy raqamlar yanada yuqori bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu holat Eronda inson huquqlari masalasi yanada keskinlashganini ko‘rsatuvchi jiddiy signal sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronda qatllar keskin oshdi: 11 yillik anti-rekord