date

Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan chegarada 45 metrlik bayroq ustunini oʻrnatdi

Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan chegarada 45 metrlik bayroq ustunini oʻrnatdi

Qirgʻizistonning Oʻzbekiston bilan chegarasidagi “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktida balandligi 45 metr bo‘lgan bayroq ustuni o‘rnatildi. Shuningdek, punkt atrofidagi hudud obodonlashtirildi. Bu haqda O‘sh shahri hokimiyati ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, loyiha O‘sh shahar meri Jenishbek Toktorbaev tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Dushanba kuni ustunga Qirgʻiziston davlat bayrogʻi ko‘tarildi.

Marosimda shahar rahbari, shahar kengashi raisi Bolot Baetov, deputatlar hamda qo‘shni davlatlar konsullari ishtirok etdi. Munitsipalitet ma’lumotiga ko‘ra, tadbir doirasida chegara punktidagi infratuzilmani tartibga keltirish ishlari ham bajarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan chegarada 45 metrlik bayroq ustunini oʻrnatdi