date

Tuskning da’vosi: Boltiq va kuchli armiya rejasi

Tuskning da’vosi: Boltiq va kuchli armiya rejasi

Polsha bosh vaziri Donald Tusk 2026 yilga qadar Boltiq dengizi bo‘yidagi hududlarni faol o‘zlashtirishga qaratilgan ulkan rejalarni ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi yil munosabati bilan qilgan murojaatida mamlakat infratuzilmasiga yirik sarmoyalar yo‘naltirilishi jadallashtirilishini ta’kidlagan. Bosh vazir bu yil Polsha uchun Boltiqbo‘yi hududlarini tez sur’atda rivojlantirish yili bo‘lishini aytdi.

«Biz infratuzilma loyihalariga katta mablag‘ ajratishni jadallashtiramiz. Bu yil Boltiqbo‘yi uchun hal qiluvchi davr bo‘ladi», — dedi Tusk.

Shuningdek, u 2026 yilgacha Polsha hukumati Yevropadagi eng qudratli armiyani shakllantirish jarayonini tezlashtirishni maqsad qilganini ham qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval rasmiy Varshava milliy armiya safini 300 ming nafargacha kengaytirish rejasi borligini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tuskning da’vosi: Boltiq va kuchli armiya rejasi