date

FlyArystan 2026 yil bahoridan Olmaota–Samarqand reyslarini qayta yo‘lga qo‘yadi

FlyArystan 2026 yil bahoridan Olmaota–Samarqand reyslarini qayta yo‘lga qo‘yadi

Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota va Samarqand o‘rtasidagi qatnovlarni 2026 yil 21 martdan qayta boshlaydi. Bu haqda Inbusiness.kz xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 21 martdan 30 maygacha davom etadi, ikkinchi bosqich esa sentabr boshidan 24 oktabrgacha rejalashtirilgan.

21 mart kungi reys uchun chipta narxlari 44,3 ming tengedan (taxminan 1,04 mln so‘m) boshlanadi. Parvoz davomiyligi 1,5 soatni tashkil etadi.

FlyArystan, shuningdek, Qozog‘istonning bir qator shaharlaridan O‘zbekiston poytaxti Toshkent va Nukusga ham parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya 2019 yil may oyida Olmaotadagi bazasi bilan ish boshlagan bo‘lib, ichki va xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchi tashish uchun Yevropa ishlab chiqarishi bo‘lgan Airbus A320 samolyotlaridan foydalaniladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » FlyArystan 2026 yil bahoridan Olmaota–Samarqand reyslarini qayta yo‘lga qo‘yadi