date

Marko Rubio Erondagi namoyishchilarni qo'llab-quvvatladi

Marko Rubio Erondagi namoyishchilarni qo'llab-quvvatladi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Erondagi norozilik aksiyalariga chiqqan fuqarolarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Uning yozishicha, Qo'shma Shtatlar “Eronning jasur xalqini qo'llab-quvvatlaydi”. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Eron bo'ylab ommaviy namoyishlar o‘tgan oy Tehrondagi Katta bozorda rial kursining keskin qadrsizlanishi ortidan boshlangan. Keyinchalik iqtisodiy inqiroz, yuqori inflyatsiya, sanksiyalar va erkinliklar cheklanishi fonida norozilik to‘lqini butun mamlakatga yoyildi. Bu namoyishlar so‘nggi uch yildagi eng yirik chiqishlar sifatida tilga olinmoqda.

Noroziliklar davom etar ekan, Eron armiyasi strategik infratuzilma va davlat mulkini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Tartibsizliklarni bostirish ishlarida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ham ishtirok etayotgani qayd etilmoqda.

Reuters hukumatga yaqin eron OAVlariga tayanib yozishicha, Tehron yuz berayotgan voqealarda Isroil va “terrorchilar”ni ayblamoqda. Eronlik huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, 9 yanvar holatiga 65 kishi halok bo‘lgan: 50 nafari namoyishchi, 15 nafari esa huquq-tartibot organlari xodimlari. Shuningdek, 2,5 mingga yaqin kishi qo‘lga olingani haqida xabarlar bor.

Namoyish ishtirokchilarining bir qismi ag‘darilgan Pahlaviylar sulolasini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar ham aytgan. Biroq asosiy talablar ruhoniylar hokimiyatini chetlatish va sanksiyalar hamda iyun oyidagi AQSh va Isroil aviazarbalari ta’sirida zarar ko‘rgan iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Marko Rubio Erondagi namoyishchilarni qo'llab-quvvatladi