Aroqchi: Isroil bu safar jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroilning so‘nggi harakatlariga keskin munosabat bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Isroil tomoni hozirda hech qanday to‘siqsiz ravishda fuqarolik infratuzilmasi, jumladan farmatsevtika sohasiga tegishli obyektlarga hujum qilmoqda.
“Isroildagi jinoyatchilar endi ochiqchasiga va hech qanday uyatsizliksiz farmatsevtika kompaniyalarini bombardimon qilyapti. Ularning maqsadi aniq”, — dedi vazir.
Shu bilan birga, Aroqchi Isroil jiddiy xatoga yo‘l qo‘yayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv hukumati bu safar himoyasiz aholi emas, balki kuchli davlat — Eron bilan to‘qnash kelayotganini to‘liq anglamayapti.
Vazir, shuningdek, mamlakat qurolli kuchlari har qanday tahdidga munosib va qat’iy javob qaytarishga tayyor ekanini bildirdi.
Kuzatuvchilar fikricha, bunday keskin bayonotlar mintaqadagi vaziyat yanada taranglashishi va qarama-qarshiliklar chuqurlashishiga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!