Netanyahu AQSHni Eron bilan urushga qanday tortib ketdi?

2 daqiqa o'qish827
Netanyahu AQSHni Eron bilan urushga qanday tortib ketdi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mana ushbu yangilikning qisqa xulosasi: Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uzoq vaqt davomida AQShni Eron bilan qurolli to'qnashuvga undab kelgan.
  • Tahlillarga ko'ra, u Donald Trampga maxsus taqdimotlar orqali ta'sir o'tkazib, Tehronda rejimni o'zgartirish zarurligiga ishontirgan.
  • Biroq, ushbu harakatlar AQShda va dunyoda kuchli noroziliklarga, shuningdek, iqtisodiy inqirozga va xalqaro huquqiy ziddiyatlarga sabab bo'ldi.

Yaqin Sharqdagi qaltis vaziyat va Oq uyning Eronga nisbatan yuritayotgan siyosati dunyo hamjamiyati diqqat markazida bo‘lib turibdi. Amerika diplomatiyasining sobiq rahbarlari tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar Vashington va Tel-Aviv o‘rtasidagi yashirin kelishuvlarni fosh etmoqda. Zamin.uz ushbu geosiyosiy jarayonlarning eng muhim nuqtalarini taqdim etadi.

Sobiq davlat kotiblarining shov-shuvli eʼtiroflari

AQSH sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Qo‘shma Shtatlarning Eron bilan muzokaralardagi mavqei ancha zaiflashib qolganini taʼkidladi. 2009-2013 yillarda faoliyat yuritgan Klinton xonimning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ko‘p yillardan buyon Amerikani Tehronga qarshi qurolli to‘qnashuvga undab kelgan.

«Netanyahu avvalgi prezidentlarni ham Eron bilan muddatsiz nizoga kirishishga ishontirishga uringan. Men real natijasi bo‘lmagan bunday xatti-harakatlarni doimo rad etganman», — dedi Hillari Klinton.

Ushbu fikrlarni AQSHning yana bir siyosiy oqsoqoli Jon Kerri ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Jorj Bush, Barak Obama va Jo Bayden kabi prezidentlar Netanyahuning Eronga zarba berish haqidagi so‘rovlarini qatʼiy rad etib kelishgan.

Tramp va Netanyahuning “videotaqdimoti”

Tahlilchilarning fikricha, joriy yilning 28 fevral kuni AQSHning Eronga qarshi urush boshlashiga aynan Netanyahuning kuchli taʼsiri sabab bo‘lgan. Maʼlum bo‘lishicha, Isroil bosh vaziri Oq uyda soatlab davom etgan muzokaralar va maxsus videotaqdimotlar orqali Donald Trampni Tehronda rejimni o‘zgartirish zarurligiga ishontirgan.

Biroq, bu tajovuz Amerika tarixida Ikkinchi jahon urushidan beri eng kam qo‘llab-quvvatlangan harbiy harakatga aylandi. Tramp maʼmuriyati Eronning AQSH uchun bevosita xavf ekanini isbotlovchi birorta asosli dalil keltira olmadi.

Iqtisodiy bosim va siyosiy isteʼfolar

Eronga qarshi boshlangan agressiya nafaqat Yaqin Sharqda, balki butun dunyoda, jumladan, AQSHning o‘zida ham narx-navoning keskin qimmatlashishiga olib keldi. Bu esa Tramp maʼmuriyatiga nisbatan ichki va tashqi bosimni kuchaytirdi. Vashingtonning «Tel-Aviv nog‘orasiga o‘ynayotgani»dan norozi bo‘lgan bir qator rasmiylar o‘z lavozimini tark etmoqda.

Xalqaro adolatga zarba

AQSH maʼmuriyati Netanyahuni himoya qilish maqsadida Xalqaro jinoyat sudiga (XJS) nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Inson huquqlarini himoya qilishni daʼvo etuvchi davlat tomonidan global adolatni taʼminlovchi organga nisbatan bunday chora qo‘llanilishi dunyo hamjamiyati tomonidan misli ko‘rilmagan holat deb baholanmoqda.

Aziz mushtariylar, sizningcha, AQSHning Eronga qarshi urushi jahon iqtisodiyotiga yana qanday salbiy taʼsirlar ko‘rsatishi mumkin? Oq uyning Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan sanksiyalarini qanday baholaysiz?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?