Turkiyada 110 yo‘lovchili sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyaning Marmaris shahri yaqinida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Hodisa Jannat oroli atrofida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kemaga suv kira boshlagach, kapitan uni qirg‘oq tomonga olib borishga uringan. Ammo kema qisqa vaqt ichida suvga to‘lib qolgan.
Yo‘lovchilar yaqin atrofdagi boshqa katerlarga evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing