Luna ismli uzun kiprikli noyob oq sher ijtimoiy tarmoqlarni hayratga soldi

Janubiy Koreyadagi hayvonot bog‘ida yashovchi Luna ismli noyob oq urg‘ochi sher ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Uning moviy-kulrang ko‘zlari, uzun kipriklari va nafis qiyofasi ko‘plab foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi.
Ko‘pchilik Luna suratlarini ko‘rib, uni “haqiqiy Disney malikasi”ga qiyoslamoqda. Ayrim foydalanuvchilar esa uning fotosuratlari sun’iy intellekt yordamida yaratilgan deb o‘ylagan.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, sherning noodatiy ko‘rinishi “leykizm” deb ataladigan kam uchraydigan genetik xususiyat bilan bog‘liq. Bu holatda hayvonlar junidagi pigment miqdori kamayadi, biroq ko‘zlarning tabiiy rangi saqlanib qoladi.

Shu sababli Luna oddiy oq sherlardan farqli ravishda moviy-kulrang ko‘zlarga ega. Uning uzun kipriklari esa nafaqat tashqi ko‘rinishini ajratib turadi, balki ko‘zlarini quyosh nuri va changdan himoya qiluvchi tabiiy xususiyat hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!