date

Bu hafta osmonda noyob moviy oy ko‘rinish beradi

Bu hafta osmonda noyob moviy oy ko‘rinish beradi

Dunyo bo‘ylab millionlab osmon ixlosmandlari shu hafta oxirida kam uchraydigan astronomik hodisalardan biri — “Moviy oy”ni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, 31 may kuni kuzatiladigan to‘lin oy kalendar bo‘yicha moviy oy hisoblanadi. Bunday hodisa bir kalendar oyida ikkita to‘lin oy sodir bo‘lganida yuz beradi va har ikki-uch yilda bir marta takrorlanadi.

Nomiga qaramay, Oy aslida moviy rangga kirmaydi. “Moviy oy” atamasi faqat astronomik tushuncha bo‘lib, ikkinchi to‘lin oyni anglatadi. Biroq tarixda ayrim vulqon otilishlari oqibatida Oyning haqiqatdan ham moviy tusda ko‘ringan holatlari qayd etilgan.

Bu galgi moviy oy yana bir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. U yilning eng uzoq to‘lin oyi — mikrooy sifatida ham kuzatiladi. Shu bois Oy odatdagidan biroz kichikroq ko‘rinsa-da, bu farqni oddiy ko‘z bilan sezish qiyin.

Astronomlarning ta’kidlashicha, moviy oyni kuzatish uchun maxsus uskunalar talab etilmaydi. Uni ochiq osmon ostida oddiy ko‘z bilan ham tomosha qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bu hafta osmonda noyob moviy oy ko‘rinish beradi