date

Eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar reytingi ma’lum qilindi

Eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar reytingi ma’lum qilindi

Kolumbiya dunyodagi eng go‘zal ayollar istiqomat qiladigan mamlakat sifatida e’tirof etildi. Bunday reyting demografik ma’lumotlar va statistik tahlillarga ixtisoslashgan World Population Review ekspertlari tomonidan shakllantirildi.

Mutaxassislar reytingni tayyorlash jarayonida ijtimoiy so‘rovlar natijalari, turli xalqaro go‘zallik tanlovlari yakunlari hamda jahon yulduzlarining mashhurlik darajasini ularning kelib chiqishi bilan bog‘liq holda tahlil qildi.

Dunyodagi eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar birinchi o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

 1. Kolumbiya;
 2. Polsha;
 3. Gretsiya;
 4. Rossiya;
 5. Chexiya;
 6. Shvetsiya;
 7. Islandiya;
 8. AQSH;
 9. Braziliya;
 10. Yaponiya.

Reytingning quyi pog‘onalaridan esa Venesuela, Albaniya va Ispaniya vakilalari o‘rin egallagan.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Lotin Amerikasi ayollari o‘zining betakror jozibasi bilan butun dunyo ahlini maftun etib kelmoqda. Xususan, Braziliyani supermodellar yurti deb atash mumkin. Zero, Jizel Byundxen va Adriana Lima kabi mashhur shaxslar nomini deyarli har kim eshitgan.

Kolumbiya esa dunyoga xonanda Shakira va aktrisa Sofiya Vergara singari xalqaro miqyosda tanilgan go‘zal ayollarni taqdim etgan mamlakat sifatida tilga olinadi.

Tadqiqot mualliflari fransuz ayollarining nafosati va jozibadorligini ham alohida qayd etgan. Bu borada Brijit Bardo, Katrin Denyov va Marion Kotiyyar kabi yulduzlarni eslash o‘rinli. Fransiya reytingda 12-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, undan yuqori o‘rinni Germaniya egallagan.

Shuningdek, ekspertlar italiyalik ayollarning husni va maftunkorligini ham alohida e’tirof etgan. Bu yerda Monika Belluchchi, Sofi Loren va Izabella Rossellini kabi mashhur yulduzlarning hissasi katta ekani ta’kidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar reytingi ma’lum qilindi