date

Turkiyada 110 yo‘lovchili sayyohlik kemasi suvga cho‘kib ketdi

Turkiyada 110 yo‘lovchili sayyohlik kemasi suvga cho‘kib ketdi

Joriy yilning 29 may kuni Turkiyaning Marmaris shahri atrofida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan turistik kema suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda IHA axborot agentligi xabar tarqatdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda voqea Jannat oroli yaqinidagi dengiz hududida sodir bo‘lgan. Kema ichiga suv kirayotganini payqagan kapitan uni sohil chizig‘igacha yetkazishga harakat qilgan. Biroq suv vositasi juda qisqa vaqt ichida suv bilan to‘la boshlagan.

Shundan so‘ng kema ekipaji bortdagi yo‘lovchilarni yaqin atrofda harakatlanayotgan boshqa ekskursion katerlarga zudlik bilan ko‘chirish choralarini ko‘rgan.

“Qutqaruv amaliyotiga qirg‘oq xavfsizligi xizmati bo‘linmalari ham jalb qilindi. Kemada bo‘lgan barcha yo‘lovchilar tezkor tarzda evakuatsiya qilindi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan, kema to‘liq suv ostiga ketdi. Hodisa oqibatida hech bir inson jarohatlanmadi”, deyiladi xabarda.

Mazkur kema halokati yuzasidan mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan surishtiruv va tergov ishlari boshlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 110 yo‘lovchili sayyohlik kemasi suvga cho‘kib ketdi