date

Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevroga jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevroga jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi Xitoyning mashhur onlayn-marketpleysi Temu’ni 200 million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun javobgarlikka tortilgan.

Yevropa Komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Temu orqali xavfli bolalar o‘yinchoqlari, talabga javob bermaydigan zaryadlovchi qurilmalar va boshqa noqonuniy mahsulotlar sotilgan.

Tekshiruvlarda kompaniya tovarlar bilan bog‘liq xavflarni aniqlash va baholash bo‘yicha samarali tizim yaratmagani qayd etilgan. Shuningdek, iste’molchilar xavfsizligiga tahdid soluvchi mahsulotlarga qarshi yetarli choralar ko‘rilmagani aytilmoqda.

Temu bo‘yicha rasmiy tekshiruv 2024 yil oktabrida boshlangan va deyarli ikki yil davom etgan. Kompaniya esa jarimani nomutanosib deb hisoblab, qarorga qarshi huquqiy choralar ko‘rishini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevroga jarimaga tortdi