Dengizda yashagan 800 million yillik ulkan yirtqichning yangi turi aniqlandi

Olimlar dinozavrlar davrida yashagan yirik dengiz sudralib yuruvchisini aniqladi. Yangi turga Tylosaurus rex deb nom berildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tadqiqotchilar avval topilgan qazilma suyaklarni qayta o‘rganib, ushbu jonzot alohida turga mansub ekanini ma’lum qildi. Uning katta hajmi, o‘tkir tishlari, kuchli jag‘ va bo‘yin mushaklari uni xavfli dengiz yirtqichi bo‘lganini ko‘rsatadi.
Tylosaurus rex taxminan 80 million yil avval Shimoliy Amerikaning qadimiy ichki dengizlarida yashagan. Olimlarga ko‘ra, uning uzunligi 13 metrga yaqin bo‘lgan.
Mutaxassislar bu jonzot asosan yirik baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari bilan oziqlanganini taxmin qilmoqda. U o‘z davrida okeandagi eng kuchli ovchilardan biri hisoblangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing