Juma va shanba kunlari Italiyaning Sisiliya orolida joylashgan Taormine shahrida “Katta ettilik”ning hisob bo‘yicha 43- sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Evropa Kengashi raisi Donald Tusk, Kanada bosh vaziri Djastin Tryudo, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidenti Donald Tramp, Italiya bosh vaziri Paolo Djentiloni, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Yaponiya xukumati rahbari Sindzo Abe, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Evrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker ishtirok etdi.
Sayyoramizdagi iqtisodi taraqqiy etgan ettita mamlakat rahbarlari anjuman avvalida ananaga ko‘ra, birgalikda eramizdan avvalgi teatr binosi oldida suratga tushdilar. Avvaliga har bir mehmonni Italiya bosh vaziri Paolo Djentiloni kutib oldi. O‘tgan yilning dekabr oyida bosh vazir lavozimini egallagani bois u ilk bor bu kabi sammitda ishtirok etdi. Shuningdek, o‘tgan yilning iyul oyida Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan Tereza Mey va yaqindagina Fransiya prezidenti vazifasini bajarishga kirishgan Emmanyuel Makronlar ham birinchi marta “Katta ettilik” sammitida qatnashdi. AQSh prezidenti Donald Tramp xaqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Ettita mamlakat rahbarlaridan to‘rttasi birinchi marta sammitda ishtirok etadi, desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Rahbarlar protokolda belgilanganidek suratga tushganlaridan keyin piyoda “San-Domeniko” mehmonxonasiga yo‘l oldilar. Muxbirlarning so‘zlariga qaraganda, birgina AQSh prezidenti Donald Trampgina Taormine ko‘chalarini piyoda kezmadi. U xamkasblarini kuzatib qo‘yganidan so‘ng, golf o‘ynashda foydalaniladigan elektromobilga o‘tirib, anjuman o‘tadigan mehmonxonaga yo‘l oldi.
Juma kungi anjumanda asosan tashqi siyosat va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar muxokamma qilindi. Buyuk Britaniyaning Manchesterida yuz bergan terror hodisasidan so‘ng, kun tartibidagi birinchi masala terrorizmga qarshi kurash bo‘ldi. Italiya bosh vaziri Paolo Djentilonining aytishicha, yakuniy hujjatda terrorizm va ekstremizga qarshi kurash choralari keskinlashtirilishi qayd qilingan.
«Katta ettilik» etakchilari terrorchilikka qarshi kurashni yanada yuqoriroq darajaga olib chiqishmoqchi. Bu haqda 7 ta davlat etakchilari sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan ishchi sessiyasi yakunlariga ko‘ra imzolangan Terrorchilik va qurolli ekstremizmga qarshi kurashish deklarasiyasida aytilgan. “Katta ettilik” rahbarlari muhojirlar mansub bo‘lgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatishga kelishib oldilar. Bu xaqda qabul qilingan yakuniy bayonnomada ma’lum qilindi. “Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etishda zarur yondashuvlar ishlab chiqilishi kerak, biz ommaviy muxojirlar oqimini to‘xtatish maqsadida mamlakatlarga yordam berishda hamkorlik qilishga kelishib oldik”, deyiladi bayonotda. Qabul qilingan hujjatda muhojir va qochqinlarning xuquqlariga rioya etilishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Shu bilan birga suveren mamlakatlar o‘z chegaralari ustidan nazorat o‘rnatish va muhojirlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etish xuquqiga ega ekanligi qayd qilinadi. Chunki ayni shu jihat mamlakatlar xavfsizligi va iqtisodiyot gullab-yashnashining bosh omilidir.
Katta ettilik etakchilari xorijiy yollanma jangarilar bilan kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqishga kelishib olishdi. Evropa polisiya agentligi –Evropol ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqqa jang qilgani ketgan evropaliklarning umumiy soni 5 mingga yaqinni tashkil qiladi. Uladan ko‘pchiligi halok bo‘lgan, bir qismi vatanlariga qaytgan, biroq yarmi hali qaytmagan va aynan shu holat «katta ettilik»da ko‘plab yillarga xavfsizlikka jiddiy tahdid deb atalmoqda. Shu bilan birga deklarasiyada «ettilik» davlatlari chegara xizmatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish majburiyatini olish, ekstremistik axborotning internetdagi tarqalishini cheklashga urinishlar qayd qilingan.
Tarqatilgan xabarlarga qaraganda, bu galgi sammit ishiga xalaqit beruvchilar ham topildi. Taormine shahridagi markaziy maydonda “Katta ettilik” rahbarlarining masxara qilingan suratlari namoyish etildi. 18ta mamlakatda faoliyat yuritadigan Xalqaro Oxfam noxukumat tashkiloti sammit ishtirokchilari e’tiborini qashshoqlik va ocharchilik muammolariga qaratish maqsadida namoyish o‘tkazdi.
Mamlakat rahbarlarinng yuzi aks etgan niqoblarni taqib olgan faollar spagetti solingan likopchalar turgan stol atrofida o‘tirishibdi. Ularning ortidagi ekranda esa 30 million aholi ochlikdan aziyat chekayotgan Janubiy Sudan, Yaman, Nigeriya va Somalidagi vaziyat aks etgan kadrlar namoyish etildi.
Namoyish tashkilotchilarining fikricha, ularning asosiy maqsadi jahon rahbarlari e’tiborini mazkur muammoga qaratish bo‘lgan. Ma’lumki, bu mamlakatlardagi ocharchilikka qarshi kurashish maqsadari uchun 6 milliard 300 milion dollar miqdorida mablag‘ to‘planishi kerak. Ayni damda bu mablag‘larning 30 foizigina to‘plangan. Faolarning fikricha, agar-da “Katta ettilik” bu borada o‘z hissasini qo‘shgudek bo‘lsa, millionlab kishilarning hayoti saqlanib qolinardi. Italiya rasmiylari xalqaro tashkilot faollarining namoyishiga to‘sqinlik qilmadi. Namoyishlar o‘tkazish uchun anjuman o‘tadigan mehmonxonadan uzoqroq joy ajratildi.
Shu bilan birga Taormine va uning atrrfida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Manba: Sharh.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)