Hongkongning eng boy ayoli Pollianna Chu unga tegishli Kingston Financial Group kompaniyasi aksiyalari keskin qiymatini yo‘qotgani sababli boyligining yarmini yo‘qotdi. Bu haqda 19 mart kuni Bloomberg axborot agentligi bergan xabarga asoslanib Kun nashri ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, aktivlari ro‘yxatiga Makaodagi mehmonxonalar va kazino kiruvchi kompaniya narxi kamayishiga 2018 yil yanvarda Hongkongning qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi ogohlantirishi sabab bo‘lgan. Komissiya 20 nafar aksiyador kompaniyaning 90 foizdan ko‘proq aksiyalarini nazorat qilganiga e’tibor qaratgan va bu holatni kompaniya barqarorligiga xavf deb topgan.
Shundan keyin Kingston Financial Group aksiyalari narxi keskin arzonlashib, 30 yanvarda kompaniya kapitallashuvi 17 foizga kamayib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya aksiyalari narxining 50 foizga arzonlashishi bir qator investorlar, shu jumladan Pollianna Chuning jiddiy zararlar ko‘rishiga olib kelgan. Chuning yanvarda boyligi 12 mlrd dollarga baholangan. Biroq hozirda ayolning boyligi 5,36 mlrd dollargacha kamayib ketgan.
Shu sababli Chu Hongkongning eng boy ayollari ro‘yxatida 3-o‘ringa tushib ketdi. Endi yetakchi o‘rinlarni makaolik milliarder Stenli Xoning qizi Nensi Xo va Nan Fung Group kompaniyasi boshqaruviga kiruvchi Viven Chen egallamoqda.
Pollianna Chu o‘z kompaniyasini 1990-yillarda turmush o‘rtog‘i Nikolas Chu bilan birga tashkil etgan. Kompaniya qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, aktivlarni boshqarish va korporativ konsalting bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaga, shuningdek, Makaodagi 2 ta mehmonxona va kazino – Casa Real Hotel va Grandview Hotel kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi