Apple aksiyalari 7 foizga arzonlashdi, sababi korporatsiya iPhone smartfonlari savdosi o‘sishiga erisha olmadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, joriy chorakda Apple deyarli 47 million dona iPhone sotdi, bu bir yil avvalgi miqdorga deyarli tengdir. Ta’kidlanishicha, iPad planshetlari savdosi 6 foizga kamayib, 9,7 million donani tashkil qildi, Mac kompyuterlari esa 2 foizlik pasayishni qayd etib, 5,3 million donaga teng bo‘ldi.
Shu bilan birga, sentyabr oyi oxirida yakuniga yetgan, joriy yilning to‘rtinchi choragida kompaniya daromadi 62,9 mlrd dollarni tashkil qildi - bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natija bilan taqqoslaganda 20%ga ko‘p va korporatsiya faoliyati uchun rekorddir. 14,1 mlrd dollarlik sof foyda ham rekordga aylandi (har bir aksiya uchun $2,91). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxati e’lon qilingandi. Apple kompaniyasi ushbu ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?