Irlandiyalik buyuk yozuvchi va adabiyotshunos adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Jorj Bernard Shou o‘limidan bir muddat avval dunyo bo‘ylab sayohatga chiqqan. Bu haqda «Islom.uz» xabar berdi.
1950 yilda vafot etgan Bernard Shou sayohat davomida Bombeydan o‘tayotganida «Ze Layt» nashri uning «Islomlashish» iborasi bilan nima demoqchi ekanini bilish uchun murojaat qilgan.
Bernard Shou muxbirga bu ta’birini izohlab quyidagilarni so‘zlab bergan: «Hayratga soluvchi quvvatga ega bo‘lgani uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallam diniga nisbatan anchadan beri chuqur hurmat bilan qarayman.
Menga Islom dini tinmay o‘zgarayotgan hayotning turli davrlari va vaziyalariga mos keladigan fikrlari bor yagona dinday tuyuladi. Mendek mashhur kishilarning kelajak haqidagi fikr va tushunchalariga ahamiyat berish kerak. Men Islomiyatni ertangi Yevropa qabul qilishini aytdim. O‘rta asrdagi cherkovlar o‘z hasadlari va johilliklari sababli Islomiyatni qora ranglar bilan tasvirlagan. Ular Muhammad Sollallohu alayhi vasallam va uning dinidan nafratlanish ruhida tarbiyalandilar. Ularning nazdida Muhammad Sollallohu alayhi vasallam «Antixrist» (Isoning dushmani).
Muhammad sollallohu alayhi vasallam!.. Men bu insonning ajoyib hayotini o‘rgandim. U Iso dushmani emas, balki butun insoniyatning xaloskoridir. Agar unga o‘xshagan biror inson bugungi dunyoning boshqaruvini qo‘liga olsa, men aniq ishonamanki, insoniyatni tinchlik va saodatga eltadi.
Kezi kelganda aytish joizki, o‘n to‘qqizinchi yuz yillikda Charlile, Gyote va Gibbon kabi olim va yozuvchilar Muhammad Sollallohu alayhi vasallam dinida haqiqiy qiymat ko‘rdi. Shu zaylda Yevropa Islomiyatga nisbatan boshqacharoq munosabat bildira boshladi. Bugungi Yevropa bu yo‘lda yana-da oldinga bormoqda. Ular Muhammad Sollallohu alayhi vasallam diniga oshiq bo‘lmoqda. Kelajakda bundanda ilgarilab ketadi. Yevropa barcha muammo va dardlaridan qutulish uchun bu dinning qanday muhim vosita ekanini biladi. Mening tushunchamning mana shu jihatini anglashingiz kerak. Hozirda ham mening vatandoshlarim va boshqa yevopaliklar Muhammad Sollallohu alayhi vasallamning dinini qabul qildi. «Islomlashish» ta’birining mohiyati nima ekanligini, o‘ylaymanki izohlay oldim».
Bernard shou deydiki...
■ Cherkovlar oddiylik va sodda ko‘ngilli bo‘lishni maslahat berishadi, ammo unga o‘zlari ham amal qilishlari kerak...
■ E’tiqod bo‘lmagan joyda munofiqlik bo‘ladi, bilim bo‘lmagan joyda bilimsizlikning bo‘ladi.
■ Hech narsani bilmagach, gapirish qanday oson...
■ Qul kabi o‘stirilganlar faqat qul kabi boshqariladi.
■ O‘z tilini bilmagan odam boshqa tilni o‘rganolmaydi.
■ Aslida modalar uyushtirilgan yuqumli kasallikdir. Bu sotuvchilarning yuqumli kasallik tarqatishini isbotlaydi...
■ Yoshligimda qilgan o‘n narsamdan to‘qqiztasini muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini ko‘rdim. Muvaffaqiyatsiz bo‘lishni istamadim va shuning uchun men o‘n barobar ko‘proq ishladim.
■ Noel jirkanch mavzu; achinmaslik tuyg‘usi va ochko‘zlik bilan bog‘liq mavzu; mastlik va sarsarilik, yomonlik va tilanchilik, yolg‘onchilik va ifloslik, kufr bilan bog‘liq ahloqqa zid mavzu. Noel istaksiz va zerikkan jamiyatga katta do‘kon egalari va gazeta, televideniyalar tomonidan majburan qabul qildirilgan mavzu... “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?