Foto: cnnturk.com
Turkiyada «Gitlerning yo‘qolgan floti» haqidagi film premerasiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu flot Qoradengiz qirg‘og‘ida arxiv hujjatlari asosida topilgan, deb yozadi xorij matbuotiga tayanib «Daryo» nashri.
CNN Turk hujjatli film uchun tizer tayyorlagan.
Telekompaniyaning ta’kidlashicha, o‘n yil avval dengiz muhandisi Selchuk Kolaya 1944 yil sentyabr oyida kemalarning suv ostiga cho‘kkan joyini ko‘rsatuvchi hujjatlarni topgan.
Bu halokatga uchragan 30-sonli dengiz osti kemalari komandirining xaritalari edi. Bir necha yil davomida g‘avvoslar ko‘rsatilgan joyga tushgan, biroq u yerni to‘liq videoga olish imkoni bo‘lmayotgan edi.
Yaqinda s’yomka ishlari nihoyasiga yetgan va tez orada telekompaniya uni film sifatida ko‘rsatmoqchi.
Xususan, qirg‘oqdan ikki kilometr narida U-23 suvosti kemasi topilgan. Yana ikki suvosti kemalari (U-19 i U-20) boshqa joylardan topilgan.
Britaniyaning The Telegraph nashri 30-sonli dengiz osti kemalarini «Gitlerning yo‘qolgan floti» deb atagan.
Suv osti kemalari 1944 yilda Sobiq ittifoq qo‘shinlarining Ruminiyadagi Konstansa portiga yaqinlashishi tufayli suv ostiga cho‘kkan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi