Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning bayonotiga munosabat bildirdi. Stoltenberg AQSh Kongressida chiqish qilib, natsistlar Germaniyasi fyureri Adolf Gitler, sovet ittifoqi yetakchisi Iosif Stalin va IShIDni bir qatorga qo‘ygandi. Bu haqda 4 aprel, payshanba kuni RIA Novosti xabar berdi.
«Qizil armiya nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilgan Norvegiyada (Stoltenberg - Norvegiya sobiq bosh vaziri) kecha ko‘pchilik uyatdan boshini xam qildi», - deya hisoblaydi u.
NATO bosh kotibi 3 aprel kuni «ozodlik dushmanlari» haqida gapirdi. «Agar bosib turish ish bermasa, unda jang qilish kerak. Gitlerni tinch norozilik namoyishlari bilan to‘xtatish mumkin emas edi, Stalinni quruq so‘z bilan ushlab qolish imkonsiz edi, IShIDni esa muloqot bilan mag‘lub etib bo‘lmasdi», - deya ma’lum qildi u.
Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, alyansga a’zo davlatlar mudofaa uchun ko‘proq pul sarflashi lozim, sababi «ozodlikning bo‘lajak dushmanlari yana zo‘ravonlikni tanlashi ehtimoli bor».
Bundan oldin, OAV NATO Gorbachyovni qanday «aldagani» haqida ma’lumot bergandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi