Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit va uning rafiqasi – turk aktrisasi Faxriya Evjen ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Bu haqda Milliyet nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Faxriya Evjen vazni 3,67 kg, bo‘yi 52 sm keladigan o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Chalaqoqqa Karan ismi berilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, O‘zchivit tug‘uruq vaqtida rafiqasini qo‘llab-quvvatlab turgan hamda quvonchdan ko‘z yoshlarini ushlab tura olmagan.
Aktyor Show TV kanali bilan telefon orqali suhbatda tug‘uruq yaxshi o‘tganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, ona va farzand o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va yaqin orada shifoxonadan chiqariladilar.
O‘zchivit va Evjenning to‘yi 2017 yil 29 iyunda bo‘lib o‘tgan. Burak va Faxriya "Choliqushi" seriali s’yomkalari vaqtida tanishishgan, ular bu serialda bosh rollarni ijro etishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi