Foto: USA Today
AQShda o‘z egasi bo‘lgan fermerni o‘ldirib qo‘ygan bahaybat qush — kazuar sotishga qaror qilindi, deb xabar berdi «Daryo.uz».
Voqea aprel oyining o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Kazuar unga ovqat bermoqchi bo‘lgan floridalik 75 yashar fermer Marvin Axosga hujum qilgan. Fermer qoqilib, yiqilib tushgan, qush esa o‘zining og‘ir va o‘tkir tirnoqlari bilan tashlangan.
«Endi nafaqat bu kazuar, balki boshqa barcha ekzotik qushlar 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan auksionda sotiladi», — deyiladi xabarda.
Kazuarlar Ginnes rekordlar kitobiga eng xavfli qush sifatida kiritilgan. Ularning bo‘yi 2 metr, og‘irligi 60 kilogramm, tirnoqlari uzunligi esa 10 santimetga boradi. Kuchli oyoqlari bilan qaqshatqich zarba berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi