14:33 / 28.04.2019
5 874

Dunyodagi eng baland charxpalak 2020 yilda foydalanishga topshiriladi

Dunyodagi eng baland charxpalak 2020 yilda foydalanishga topshiriladi
Foto: National Geographic
2020 yilda Dubayda dunyodagi eng baland charxpalak foydalanishga topshiriladi. Uning balandligi 250 metrni tashkil etadi. Bu haqda National Geographic'ga tayangan holda "Daryo" xabar berdi.

Charxpalakning har bir «oyog‘i»ga 15 ta London avtobuslarini sig‘dirsa bo‘ladi.
Rekord darajada baland charxpalakning ochilish marosimi Dubayda Expo 2020 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ob’ektga Ain Dubai nomi berilgan.

Foto: Google Images
Ain Dubai raqamlarda:
- 5 tonna — charxpalak chambarini ushlaydigan har bir spitsaning vazni;
- 2400 kilometr — spitsa ichidagi barcha kabellarning bir-biriga ulansa, umumiy uzunligi. Bu Dubay va Qohira o‘rtasidagi masofaga teng;
- 16 ta Airbus A380 samolyotining og‘irligi — Ain Dubai chambaragining vazni;
- 250 metrdan baland —Ain Dubai balandligi (hozirda rekord darajada, Las Vegasdagi High Roller 167 metrni tashkil etadi);
- 126 metr — konstruksiyani ushlab turuvchi tirgaklarning uzunligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baland charxpalak 2020 yilda foydalanishga topshiriladi