Muxolifatchi va Aleksey Navalniy hibsxonadan 64-kasalxonaga olib ketildi. Unga «o‘tkir allergik reaksiya» tashxisi qo‘yilgan, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Kira Yarmish Twitter sahifasida.
Uning yozishicha, Navalniyga tez yordamni hibsxona xodimlari chaqirgan. Hozirda unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yarmishning qo‘shimcha qilishicha, muxolifatchining yuzi shishib, terisi qizarib ketgan, allergiya sababi aniqlanmagan.
24 iyulda Aleksey Navalniy kelishilmagan ommaviy tadbirda ishtirok etishga chaqirishda aybdor deb topilib, unga 30 kunlik hibsga olinish ko‘rinishida ma’muriy jazo tayinlangandi.
Navalniy Rossiya ma’muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Yig‘ilish, namoyish, miting, yurish yoki piket qilishni tashkillashtirishning belgilangan tartib-qoidalarini takroran buzish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Bayonnomaga ko‘ra, muxolifatchi 20 iyuldagi ruxsat berilmagan mitingda fuqarolarni 27 iyulda Moskva shahri dumasiga saylovlarga mustaqil nomzodlarning qo‘yilishi uchun o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etishga chorlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi