Joriy yilning 8 noyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolari uchun ochilgan saylov uchastkalari faoliyati haqida so‘z bordi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda Rossiyada tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va u yerdagi o‘zbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov axborot bergan.
Xususan, bugun O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oldingi 2016 yilgi saylovlardagidan 5 taga ko‘payib, 7 taga yetgan. Ular Rossiyaning Sankt-Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don, Qozon hamda Moskva shaharlarida joylashgan.
Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limi axboroti tinglangan. Samarqanddagi saylovga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqiga ega bo‘lish uchun 41 nafar viloyat va respublika OAV, internet saytlari xodimlari akkreditasiyadan o‘tkazilganligi aytilgan.
Viloyat axborotida ta’kidlanishicha, shu kunlarda viloyat televideniyesi orqali haftaning har chorshanba kunlari viloyat saylov komissiyasi raisi va a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tashkil etilib, aholidan tushgan savollarga javob qaytarilmoqda. Bundan tashqari, bosma matbuot va internet saytlarida saylovga oid 614 ta maqola, sharh va xabarlar e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?