Foto: «Yandex»
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bir yarim yildan so‘ng taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li Charlzga topshirishi mumkin, deb yozadi «The Sun».
Qirolicha 18 oydan so‘ng 95 yoshga to‘lishi munosabati bilan Britaniya taxtidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, u allaqachon o‘z vakolatlarini norasmiy ravishda o‘g‘liga topshira boshlagan.
Buni marosimlarda ko‘pincha o‘zi emas, Charlz qatnashayotganidan ham payqash mumkin. Garchi qirolicha oldingiday ayrim marosimlarni o‘zi o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, ishtirok etishni ancha kamaytirgan. Ko‘pincha Vindzor saroyidan chiqmayapti. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, u 2016 yilda 332 ta, 2018 yilda 282 ta tadbirda qatnashgan. Charlz esa 507 ta tadbirda bo‘lgan.
Biroq taxtning topshirilgani rasman e’lon qilinmadi.
Ta’kidlash joiz, Yelizaveta II 1952 yildan beri Britaniya qirolichasi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?