07:01 / 07.01.2020
3 201

AQSH Yaqin Sharqda nimalar qilmoqda?

AQSH Yaqin Sharqda nimalar qilmoqda?
Bo‘lgan voqealarning ayrim nyuanslari bo‘yicha ba’zi fikrlarimni bildirib o‘tsam. Shunda Iroqning kelajagi haqida batafsilroq tushunib olasiz.

Birinchidan, parlamentda yakshanba kungi bugungi ovoz berish jarayoni AQSHning lashkarlari bir kechada lash-lushlarini yig‘ishtirib, tun qorong‘isida tezda Iroqni tark etishini anglatmasligi aniq. 5 mingdan ortiq qo‘shinni texnika va qurol-yarog‘lari bilan olib chiqib ketish texnik jihatdan oson emas va bunga albatta vaqt kerak.

Bundan tashqari, Iroqning siyosiy tizimi Amerika siyosatiga bir oz o‘xshash. Parlament, ta’bir joiz bo‘lsa, shunday "qarorlar" qabul qiladiki, Vazirlar Mahkamasi ularni bajarishga majbur. Boshqacha aytganda, bugun hukumat vaziyat yuzasidan aniq va qat’iy munosabat bildirib, hukumat maydoniga to‘p oshirdi.

Vazirlar Mahkamasi hozirgi holatida qarorni amalga oshirishi esa alohida masala. Albatta, ularning boshqa iloji ham yo‘q. Bosim Eron va parlament tomonidan o‘tkazilmoqda, aksariyat kishilar ko‘chalarda ham norozilik bildirmoqda.

Shuningdek, Iroqdagi siyosiy inqiroz tugamagan. Bosh vazir Odil Abdulmahdiy hanuzgacha vazifasini bajaryapti. U o‘tgan yilning noyabr oyida iste’foga chiqqan edi, xabaringiz bo‘lsa agar. Xuddi hozirgi barcha jarayonlardan o‘zini chetga olgan Iroq prezidenti Barhom Solih kabi.

Boshqa bir tomondan esa bosh vazir siyosiy jihatdan hech narsa yo‘qotmaydi. Bundan tashqari, uning o‘zi ovoz berishni qo‘llab-quvvatladi, demak, u rasmiy tarzda AQSH qo‘shinini olib chiqib ketishini so‘raydi.

Ikkinchidan, bosh vazirning masalani parlament va butun mamlakat bilan to‘satdan o‘rtoqlashishi Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga biroz boshqacha nazar bilan qarashga majbur qiladi. U Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va AQSH o‘rtasidagi ayrim tinchlik muzokaralarida diplomatik aloqada bo‘lgan edi.

Agar Abdulmahdiyning so‘zlariga quloq tutadigan bo‘lsak, Qo‘shma Shtatlarning o‘zi Bag‘doddan murosaga kelish uchun norasmiy muzokaralarda vositachilik qilishi to‘g‘isida so‘ragan (Iroq o‘tgan yili bir necha marta o‘z xizmatlarini taklif qilgan). Sulaymoniy esa aftidan ushbu aloqalarda bog‘lovchi bo‘g‘in rolini o‘ynab, saudiyaliklar orqali harakat qilgan hamda Bag‘dodda rasmiy mehmon bo‘lgan.

Uni shu rolini o‘ynash chog‘ida o‘ldirishdi. Boshqa tomondan bu Sulaymoniyni Bag‘dodda qo‘lga tushirish va yo‘q qilish uchun tuzoq degan shubhalar ham paydo bo‘ladi.

Shunday bo‘lsa, bu vaziyatga saudiyaliklar ishtirok etgan va ular qiyin damlarni o‘tkazadi. Yana bir tarafi, bu voqea AQSHni noqulay vaziyatga qo‘yadi, chunki ular o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan norasmiy diplomatik missiya ishtirokchisini o‘ldirdi. Umuman olganda, qandaydir chalkashlik.

Va nihoyat, uchinchidan, Iroq Kurdistoni (ovoz berishda qatnashmadi) va sunniy elitaning bir qismi pozitsiyasini hisobga olgan holda yakshanba kungi qarorning amalga oshirilishini tomosha qilish juda qiziq. Bag‘dod ular bilan muzokara olib borishi zarur, chunki ular Amerika kuchlarining olib chiqib ketilishiga qarshi bo‘lishi mumkin. Bu yana Erbil va Bag‘dod munosabatlarini taranglashtirishi ehtimolini demakdir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Sulaymoniy so‘nggi safarida rasmiy tarzda daxlsizlikdan foydalangan. Bu haqda CNN manbasi xabar bermoqda. Chamasi, u Iroqqa diplomatik pasport bilan kirgan va o‘sha manbada keltirilishicha, u doim ham bundan foydalanmagan. Demak, generalning o‘ldirilishi AQSH tomonidan 1961 yilda qabul qilingan diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining qo‘pol buzilishi ham hisoblanadi. Mutlaqo shafqatsiz beboshlik. Bundan tashqari, bularning barchasi Trampning "Sulaymoniy birinchi raqamli terrorchi" degan ahmoqona tashlanishlarini bekor qiladi. Terrorchilarga diplomatik pasport berilmaydi.

Manba: Qo‘shni mahalla ortida telegram kanali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Yaqin Sharqda nimalar qilmoqda?