date

Islandiyada ilk bor chivinlar aniqlandi — olimlar tashvishda

Islandiyada ilk bor chivinlar aniqlandi — olimlar tashvishda

Islandiyada ilk bor chivinlar qayd etildi. Bu haqda The Guardian nashri mahalliy olimlar ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning janubi-g‘arbiy hududida topilgan uchta chivin Culiseta annulata turiga mansub bo‘lib, ular sovuq iqlimga chidamli hisoblanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu turdagi chivinlar qish faslida yerto‘la va omborlarda yashirinib, omon qolishi mumkin.

Shu vaqtgacha Islandiya Antarktidadan tashqarida chivinlar doimiy yashamaydigan yagona hudud sifatida ma’lum edi. Olimlar hasharotlar paydo bo‘lishini global iqlim o‘zgarishi natijasi deb hisoblashmoqda.

Iqlimshunoslar fikricha, Islandiya Shimoliy yarimsharning boshqa mamlakatlariga nisbatan tezroq isib borayotgan hududlardan biriga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islandiyada ilk bor chivinlar aniqlandi — olimlar tashvishda