date

Tushuntirish ishlari samarasi: qarzdor 40 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

Tushuntirish ishlari samarasi: qarzdor 40 million so‘m aliment qarzini to‘ladi

G‘allaorol tumanida olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlari samarasida bir oiladagi muammo hal etildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, qarzdor B.G. dan undiruvchi Q.Z. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan aliment undirish belgilangan edi. Biroq, qarzdor uzoq vaqt davomida mazkur majburiyatini bajarmagan.

Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan bir necha bor tushuntirish va profilaktik ishlar olib borildi. Unga aliment to‘lamaslikning oqibatlari, farzandlarning huquqlari va ota-onaning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Olib borilgan ishlar natijasida qarzdor o‘z xatosini anglab yetdi va farzandlari oldidagi burchini bajarishga qaror qildi. U 40 million so‘m miqdoridagi aliment qarzini to‘liq to‘lab, undiruvchiga topshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tushuntirish ishlari samarasi: qarzdor 40 million so‘m aliment qarzini to‘ladi