12:40 / 30.01.2020
3 816

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishidan oshdi

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishidan oshdi
Foto: Xinhua
Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishiga, virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.

Mamlakat sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Tibetda ham birinchi marta kasallanish holati qayd etildi. Tibet Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya holatlari ilgari qayd etilmagan oxirgi hudud edi.

Avvalroq koronavirusni yuqtirib olganlar soni 5974 kishiga yetgani, vafot etganlar soni esa 132 kishini tashkil qilgani xabar berilgan edi.
Kun davomida hukumat yana 1737 ta yangi kasallanish holati, shuningdek, 38 kishi (37 kishi Xubey, 1 nafari Sinchuan provinsiyasidan) vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot olgan. Shu vaqt davomida 124 kishiga kasalxonadan ruxsat berilgan.

Ma’lumot uchun, Xubeydagi Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi. Bundan tashqari, yana o‘ndan ortiq mamlakatda, xususan, Germaniyada ham xuddi shu virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishidan oshdi