Foto: EPA-EFE/YUAN ZHENG
Xitoyda yangi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 1523 kishiga yetdi, 8096 kishi tuzalib ketdi, kasallikka chalinganlar soni 66,4 ming kishidan oshdi. Bu haqda Xitoyning Gigiyena va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi shanba kuni ma’lum qildi.
Juma kuni idora 63,8 mingdan ko‘proq odam kasallangani, 1380 kishi hayotdan ko‘z yumgani va 6723 kishi tuzalib ketgani haqida xabar bergandi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan rasmiy o‘lim darajasi 2,29 foizni tashkil etmoqda.
Xubey markaziy provinsiyasi kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi, bu yerda 54,4 mingdan ko‘proq odam kasallik bilan ro‘yxatga olingan, ulardan 1457 kishi vafot etdi, 4774 nafari tuzalib ketdi. Keyingi o‘rinlardan 1,2 mingdan ortiq kishi kasallangan Guandun (janub), 1,1 mingta kasallanish holati qayd etilgan Xenan (markaz) va Chjetszyan (sharq) provinsiyalari joy oldi.
Pekinda juma kungi holatga ko‘ra 372 kishi kasallandi, ulardan 80 nafari kasalxonadan chiqarildi, uch kishi vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"