07:57 / 03.03.2020
2 453

Razan al-Najjor - hayotini yaradorlar himoyasiga qurbon qilgan falastinlik hamshira

Razan al-Najjor - hayotini yaradorlar himoyasiga qurbon qilgan falastinlik hamshira
Razan al-Najjor 1997 yil 13 sentabrda Isroil bilan chegarada yashagan oddiy Falastin oilasida tug‘ilgan.
Uning otasi uzoq vaqt Isroilda ishlagan edi va Razandan tashqari oilada yana besh farzandning otasi edi. Biroq, davlatlar o‘rtasidagi chegara yopilgach u ishsiz qoldi.

Razan al-Najjorning universitetga kirish orzulari barbod bo‘ldi, ammo u bepul hamshiralik kurslarini tugatib, ko‘ngilli hamshira bo‘ldi.
Qiz doimo qiyin vaziyatlarda qolgan odamlarga yordam berish va odamlarni qutqarish uchun shifokor bo‘lishni orzu qilar edi. Shunisi e’tiborga loyiqki, u orzusiga erishdi ...

2018 yil may oyi oxirida Isroil bilan chegarada, devorlar va nazorat-o‘tkazish punktlari mavjud bo‘lgan joyda tartibsizliklar boshlanib, falastinliklar urushni to‘xtatishni talab qilishdi.

Askarlar bunga javoban tinch aholiga qarshi qurol ishlatishdi.
2018 yil 1 iyun kuni Al-Najjor va boshqa hamshiralar ushbu voqea haqida xabar topdilar, ular yaradorlarga yordam berishga shoshildilar.

Askarlar kuch va qurol ishlatishda davom etishdi, yaralangan, yordamga muhtojlarni ham ayab o‘tirishmadi. Razan al-Najjor "tirik qalqonga" aylanib, yerda yotgan odamlarni to‘sa boshladi.

U qurol yo‘qligini namoyish qilib, qo‘llarini ko‘tardi, lekin ... unga tekkan o‘q 20 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi.
Shundan so‘nggina Isroil askarlari qo‘rqib, yaradorlarni olib ketishga ruxsat berishdi. O‘z jonini fido qilgan qiz qahramonlik timsoliga aylandi.

Keyinchalik, BMT Isroil askarlari tomonidan Falastin bilan chegarada sodir etilgan harbiy jinoyatlarga oid masalani o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘nlab o‘spirinlarning, ikki jurnalistning va uchta hamshiraning, shu jumladan Razan al-Najjorning hayotiga zomin bo‘lishgan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Razan al-Najjor - hayotini yaradorlar himoyasiga qurbon qilgan falastinlik hamshira