07:50 / 06.03.2020
3 338

Hojatxona qog'ozlarining virusdan saqlovchi xususiyati bormi?

Hojatxona qog'ozlarining virusdan saqlovchi xususiyati bormi?
Avstraliya mahalliy aholisi koronavirus qo‘rquviga hojatxona qog‘ozini sotib olish orqali javob berishmoqda.
Qizig‘i mamlakatning eng yirik shahri bo‘lgan Sidneyda supermarketlarning javonlari bir necha daqiqada tozalanib qolmoqda.
Politsiya chorshanba kuni ham mojarolarni bartaraf qilishga chaqirildi, xabarlarga ko‘ra, do‘konlarda xaridorlar orasida tajovuz holatlari ham kuzatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda hojatxona qog‘ozi tanqisligi xabarlari tarqaldi. O‘ramlarni onlayn ravishda yuzlab dollarga sotib olishyapti, tinglovchilar radiostansiyalarga rulonli paketlarni yutib olishga chaqirilmoqda.
Avstraliyaliklar hojatxona qog‘ozi uchun ushbu haftada aqldan ozishdi.

Ahvol shu qadar yomonlashdiki, odamlar jamoat joylaridan o‘g‘irlashgani haqida ham xabarlar bor.
Faqat nima bo‘lyapti va nega odamlar bunday yo‘l tutishmoqda?
Hojatxona qog‘ozi muammosi faqat Avstraliya uchun xos emas - shunga o‘xshash vaziyatlar Singapur, Yaponiya va Gonkong singari virus yomon tarqalgan joylarni qamrab olgan.

AQSHda ham hojatxona qog‘ozlarini sotib olishayotgani haqida xabarlar bor. Bu holatlarga sabab koronavirusdan jon saqlash uchun ma’lum muddat odamlarning uylaridan chiqmay yashashlariga to‘g‘ri kelishi bo‘lmoqda. Vahimaga tushgan odamlar hojatxona qog‘ozlarini oldindan sotib olmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hojatxona qog'ozlarining virusdan saqlovchi xususiyati bormi?